
"Vest Xem" Braziliya klubi bilan muzokaralarni boshladi
"Vest Xem" Lukas Paketani ijara berish borasida Braziliyaning "Flamengo" klubi bilan muzokaralarni boshladi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, jamoa futbolchining agentlariga ham aloqaga chiqdi, lekin hali kelishuv amalga oshgani yo‘q.
Paketani o‘tgan yili "Manchester Siti" 100 million evroga sotib olmoqchi bo‘lgandi, lekin "bolg‘achilar" taklifni rad qilib, yarim himoyachini olib qolgandi. Shandan keyin "shaharliklar" Mateus Nunes bilan shartnoma imzolagan.
26 yoshli xavbek uchun "Flamengo" begona emas. Futbolchi aynan ushbu klub akademiyasidan chiqqan bo‘lib, 2019 yili 39 million evro evaziga "Milan"ga ko‘chib o‘tgandi.
Eslatib o‘tamiz, Lukas yakuniga etgan mavsumda "Vest Xem" safida 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta golda ishtirok etdi. Uning ayni paytdari transfer narxi 65 million evroga teng.
Fikrlar