
"Vest Bromvich"ni mag‘lub etgan "Aston Villa" APLga chiqish uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi
Kecha Angliyada APLga chiqish yo‘llanmasi uchun pley-offning yarim finalidan o‘rin olgan "Aston Villa" hamda "Vest Bromvich" jamoalari bahsi bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash lozimki, dastlabki o‘yinda “Aston Villa” 2:1 hisobida zafar quchgan edi. Javob o‘yinida esa 1:0 hisobida “Vest Bromvich”ning qo‘li baland keldi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 2:2 natijasi qayd etilgach, g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda 4:3 hisobida “Aston Villa”ning qo‘li baland keldi.
Shu tariqa “Aston Villa” APLga chiqish uchun pley-offning finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
"Vest Bromvich" - "Aston Villa" 1:0, penaltilar bo‘yicha - 3:4
Gol: Douson, 29 - 1:0
"Vest Bromvich": Djonston, Gibbs, Xegazi, Bartli, Xolgeyt, Fillips (Xarper, 75), Yuxansen (Morrison, 71), Merfi (Adarabioyo, 82), Brant, Douson, Rodriges (Leko, 93).
"Aston Villa": Stir, Tuanzebe (Edinak, 120), Teylor, Mingz, Al-Muxammadi (Devis, 114), Xurixeyn, Makginn, El-Gazi (Kodjia, 101), Grilish, Grin (Adoma, 75), Abraxam.
Ogohlantirishlar: Mingz (16), Yuxansen (58), Brant (66), Teylor (74), Morrison (97).
Chetlatish: Brant (80).
Fikrlar