
Velotrekchilarimiz Janubiy Koreyaga yo‘l oldi
17-21 oktyabr kunlari Janubiy Koreyaning Chinchxon shahrida velotrek bo‘yicha kattalar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Qit’amizning eng kuchli velotrekchilari qatori O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham mazkur musobaqada asosiy tarkib bilan ishtirok etadi.
Kecha delegatsiyamizning asosiy qismi Koreya safariga yo‘l olgan va ayni paytda tayyorgarlikning so‘nggi bosqichini olib borishmoqda. Terma jamoamizning etakchi vakillari Olga Zabelinskaya hamda Murodjon Xolmurodov bugun erta tongda jo‘nab ketishdi.
Osiyo chempionatida ishtirok etadigan velosportchilarimiz bilan quyida tagishasiz:
Kattalar:
Dilmurodjon Siddikov
Murodjon Xolmurodov
Renata Baymetova
Olga Zabelinskaya
O‘smirlar:
Behzodbek Rahimboev
Dmitriy Bocharov
Yanina Kuskova
Fikrlar