Velosportchilarimiz Osiyo chempionatida oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi

CHERY AUTO

Toshkentda o‘tayotgan velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida terma jamoamiz vakillarining muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda. Biroz avval 2 nafar vakilimiz sprint poygasining o‘z toifalarida shohsupaga ko‘tarilishdi.

Tecno

Ayollar o‘rtasida 23 yoshgacha bo‘lgan toifada yurtdoshimiz Renata Baymetova bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Velosport bo‘yicha Osiyo chempionati. Sprint
U-23, ayollar. 30 km

DSC_6110_1


1.Tin Tin Chan (Xitoy Taipeyi)
2. Yumi Kajixara (Yaponiya)
3. Renata Baymetova (O‘zbekiston)

Ko‘plab xalqaro musobaqalar g‘olibi Olga Zabelinskaya 30 kilometrga kechgan elit, ya’ni kattalar toifasida eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash joiz, bu terma jamoamizning mazkur musobaqadagi dastlabki oltin medali bo‘ldi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda. 

Velosport bo‘yicha Osiyo chempionati. Sprint
Elit, ayollar. 30 km

DSC_6134


1. Olga Zabelinskaya (O‘zbekiston)
2. Jumi Li (J.Koreya)
3. Tin Yin Xuang (Xitoy Taipeyi)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!