
Velosportchilarimiz Olimpiadani 51- va 70-o‘rinda yakunlashdi
Bundan biroz avval Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarining veloshosse bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi guruh poygalari o‘z yakuniga etdi. 158 km masofaga o‘tkazilgan bahslarda startga chiqqan ikki nafar vakilmiz - Yanani Kuskova hamda Olga Zabelinskiya sovrinli o‘rinlarni egallay olmadi. Aniqrog‘i, Yanina Kuskova marraga 51-o‘rinda, Olga Zabelinskaya esa 70-o‘rinda etib keldi.
Ushbu poygalarda AQSh vakili Kristien Faulkner g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Kumush medal niderlandiyalik Marian Vos hamda bronza medal belgiyalik Lotte Kopekiga nasib etdi.
Fikrlar