Velosportchilarimiz Hindistonda o‘tgan Osiyo chempionatini 8 ta medal bilan yakunlashdi

  • 22 iyun, 2022, 22:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Velosport
BEPUL PROPAN

Hindistonning Nyu-Deli shahrida velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga etdi. 18-22 iyun kunlari o‘tgan musobaqada terma jamoamiz vakillari 8 ta medal qo‘lga kiritishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugun chempionatning yakuniy kuni Indira Gandi arenasida Farruh Bobosherovning g‘alabasi sharafiga davlatimiz madhiyasi yangradi. Yoshlar o‘rtasida ochkolar bo‘yicha guruh poygasi dasturida kechgan bellashuvlarda hamyurtimiz raqiblarini katta farq bilan ortda qoldirishga erishdi.

Velosport bo‘yicha OCh,
Yigitlar, ochkolar bo‘yicha guruh poygasi (U-20)

1. Farruh Bobosherov (O‘zbekiston) – 74 ochko
2. Li Sungyonu (Koreya Respublikasi) – 24
3. Yumnam Birdjit (Hindiston) – 23

Shuningdek, bugungi bellashuvlarda Asal Rizaeva omnium, Nafosat Kozieva hamda Yanina Kuskova juftligi medison dasturida bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Shu tariqa, velotrek bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi qit’a birinchiligini 1 ta oltin va 7 ta bronza medallari bilan yakunladi.

Jamoamiz quyidagi yo‘nalishlarda medallarga sazovor bo‘ldi:

Oltin:
Farruh Bobosherov – yoshlar o‘rtasida ochkolar bo‘yicha guruh poygasi

Bronza:
Yanina Kuskova – ayollar o‘rtasida individual poyga
Sofiya Karimova – qizlar o‘rtasida ochkolar bo‘yicha guruh poygasi
Vladislav Troman – yigitlar o‘rtasida omnium poygasi
Yanina Kuskova – ayollar o‘rtasida ochkolar bo‘yicha guruh poygasi
Sofiya Karimova – qizlar o‘rtasida skretch dasturi
Asal Rizaeva – qizlar o‘rtasida omnium dasturi
Nafosat Kozieva hamda Yanina Kuskova – ayollar o‘rtasida medison, juftlik.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi terma jamoamizning ushbu natijasi bilan O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi, sportchilarimiz va murabbiylar shtabini samimiy qutlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!