
Velosport. Vakillarimiz Frantsiyadagi jahon chempionatida qanday natijalar qayd etdi?
Frantsiyada velosportning trek yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga etdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham qatnashdi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, musobaqada hamyurtlarimiz shohsupaga ko‘tarila olmagan bo‘lsalar ham, poygalar orqali ulkan tajriba to‘plashdi.
Chempionatda vakillarimiz qayd etgan natijalar bilan tanishing:
Ayollar
Yakkalik ta’qib poygasi: Yanina Kuskova (21-o‘rin)
Jamoaviy ta’qib poygasi: Sofiya Karimova, Nafosat Kozieva, Yanina Kuskova, Margarita Misyurina (15-o‘rin)
Ochkolar poygasi: Yanina Kuskova (21-o‘rin)
Medison: Sofiya Karimova, Nafosat Kozieva (finishga etib kelishmadi).
Erkaklar
Yakkalik ta’qib poygasi: Aleksey Fomovskiy (25-o‘rin)
Jamoaviy ta’qib poygasi: Dmitriy Bocharov, Edem Eminov, Daniil Evdokimov, Aleksey Fomovskiy (16-o‘rin).
Fikrlar