
Velosport tarixida kam uchraydigan hodisa sodir bo‘ldi
UAE Team Emirates – XRG jamoasi a’zosi, ispaniyalik Xuan Ayuso "Jiro d’Italiya"dagi ishtirokini ari chaqqanidan keyin to‘xtatdi.
Hodisa chorshanba kuni 17-bosqichda sodir bo‘lgan, poyga paytida hasharot sportchi bosh kiyimiga uchib kirgan.
Sportchining yuzi shishib, o‘ng ko‘zi deyarli ko‘rmay qoldi. Avvalroq, Ayuso "Jiro"ning 7-bosqichida g‘alaba qozonib, umumjamoa hisobida peshqadamlar safida borayotgan edi. Biroq, 9-bosqichda u yiqilish natijasida tizzasidan jarohat oldi va keyingi bosqichlarda o‘z pozitsiyasini yo‘qota boshladi.
"Bu kunlar og‘ir, haqiqatan ham omadsiz o‘tdi," - deya vaziyatni baholadi Ayuso.
Xalimova Nozima
Fikrlar