Velosport. Parij Olimpiadasida ishtirok etadigan sportchimiz nomi e’lon qilindi

  • 6 iyul, 2024, 08:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Velosport
BEPUL PROPAN

Ma’lumki, velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga 4 ta yo‘llanmaga ega chiqqan edi. Shosse dasturida qo‘lga kiritilgan mazkur litsenziyalardan 3 tasi ayollar, 1 tasi erkaklar terma jamoasi ulushiga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, terma jamoa murabbiylar shtabi musobaqada ishtirok etadigan ayol sportchilar nomini ancha avval e’lon qilgan edi.

Mamlakat velosiped sporti federatsiyasining ma’lum qilishicha, erkaklar terma jamoasi uchun taqdim etilgan yo‘llanma Dmitriy Bocharovga nasib etdi. Hamyurtimiz bo‘lajak musobaqada guruh poygasi dasturida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!