Velosport. Osiyo chempionatining oltin va kumush medallari bizniki bo‘ldi

  • 9 iyun, 2024, 15:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Velosport
CHERY AUTO

Qozog‘istonning Almati shahrida veloshosse bo‘yicha Osiyo chempionatining bugungi kuni terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Ayollar o‘rtasida kechgan individual vaqt poygasida Olga Zabelinskaya oltin, Yanina Kuskova kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Tecno

20 km masofaga o‘tgan poygada Zabelinskaya 28:07, Kuskova esa 29:02 natija ko‘rsatdi. 29:28 daqiqada marraga kelgan mezbon sportchi Rinata Sultonova kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!