
Vela MLS rekordini takrorladi
“Los-Anjeles” klubi forvardi Karlos Vela MLSning “Minnesota Yunayted”ga (1:1) qarshi bahsida gol urishga erishdi.
E’tiborlisi, 30 yoshli meksikalik futbolchi shu tariqa MLSda bir mavsumda gol urish bo‘yicha rekordni takrorladi. Hozircha uning hisobida 31 ta gol mavjud.
Ma’lumot uchun, bu boradagi rekordni “Atlanta Yunayted” hujumchisi Xosef Martines o‘tgan mavsum qayd etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, yana bir turdan so‘ng MLS da pley-off uchrashuvlari boshlanadi.
Fikrlar