Vaziyat keskinlashmoqda! "Al-Sadd" "Barsa" prezidentiga ultimatum qo‘ydi

  • 3 noyabr, 2021, 15:41
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ronald Kumanni bo‘shatib yuborgan "Barselona" Xavi borasida "Al-Sadd" bilan kelisha olmayapti.

Tecno

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, qatarliklar rahbariyati bosh murabbiyni qo‘yib yuborish bo‘yicha rasmiy taklifni "ko‘k-anorranglilar" prezidenti Joan Laportaning shaxsan o‘zi taqdim etishini talab qilmoqda. Biroq Laporta bundan bosh tortdi.

Buning o‘rniga u Qatarga "Barsa" vitse-prezidenti Rafa Yutse hamda sport direktori Mateu Alemanidan iborat delegatsiya yubordi. Hozircha, tomonlar kelishuvga erisha olgani yo‘q.

Ayni damda kataloniyaliklarni "Barselona B" bosh murabbiyi Serxi Barxuan boshqarmoqda. Uning qo‘l ostida "blaugranas" 2 ta o‘yinda 1tadan g‘alaba va mag‘lubiyat qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!