Vazir sohada adolatli tizim tashkil etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatma berdi

  • 1 noyabr, 2022, 19:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi Hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yig‘ilishda Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Vazirlik tizimidagi tashkilotlar va Davlat boshqaruv organlari vakillari ishtirok etishdi.

Sportni rivojlantirish vazirligi Hay’atining kengaytirilgan yig‘ilishida quyidagi hisobotlar taqdim etildi:

• Sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2023-yilga mo‘ljallangan kalendar rejasi loyihasining taqdimoti va muhokamasi;

• Nufuzli sport musobaqalari, jumladan 2024-yilda o‘tkaziladigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga puxta tayyorgarlikni tashkil etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar va bu boradagi muhim vazifalar;

• Tizim tashkilot va muassasalarida kadrlar salohiyatini oshirish, bu borada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, universitetning 2022/2023 o‘quv yili bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda ushbu yo‘nalishda yuzaga kelayotgan muammolar va kamchiliklar;

• Vazirlikka yangi tashkil etilgan sport turlari bo‘yicha federatsiya (assotsiatsiya)lardan kelib tushgan murojaatlarga muvofiq, sport turlari reestriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;

• Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi (sportchilarga sport razryadlari va unvonlarini berish bo‘yicha) talab va me’yorlarni belgilash;

• Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari va sport maktablarini bosqichma-bosqich sport inventarlari bilan ta’minlash, shuningdek bu boradagi muhim vazifalar;

• Sport maktablari faoliyatini joylarda o‘rganish natijalari, yangi tizim asosida razryadli va unvonli sportchilar tayyorlash borasidagi ishlar holati hamda bu borada yo‘l qo‘yilayotgan tizimli kamchiliklar, shuningdek maktablar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodik materiallar;

• Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida sportchilarni professional tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul natijalari hamda mavjud muammo va kamchiliklar;

• “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsum ommaviy sport musobaqalarini puxta va namunaviy o‘tkazish bo‘yicha ishlar holati hamda kuzatilayotgan muammo va kamchiliklar to‘g‘risida hisobot taqdim etildi.

Sportni rivojlantirish vaziri A.Ikramov tomonidan sport sohasida bugungi kunda bosqichma-bosqich islohotlarni amalga oshirish, chekka hududlarda ommaviy sportni rivojlantirish, kelgusida musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda sohada adolatli tizimni tashkil etish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsum ommaviy sport musobaqalariga alohida to‘xtalib, ushbu musobaqalarda yanada ko‘proq aholini qamrab olish vazifasi belgilandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!