
Vasiliy Lomachenko yapon bokschisiga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang sanasi ham ma’lum
"Top Rank" promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum ukrainalik Vasiliy Lomachenko (14-2, 10 KO) va yaponiyalik Masayoshi Nakatani (19-1, 13 KO) o‘rtasidagi jangning taxminiy sanasini aytdi.
"Iyun oyining so‘nggi haftasida yoki 10 iyul kuni Lomachenko Verdexoni nokaut qilgan yigit Nakatani bilan jang qiladi. Ha, bu jang tasdiqlandi", - dedi Arum.
2019 yilda Nakatani Teofimo Lopesga hakamlarning yakdil qaroriga muvofiq mag‘lub bo‘lgandi. Vasiliy Lomachenko ham so‘ngi jangida aynan Teofimo Lopesga imkoniyatni boy berib qo‘ygan.
Sergey Kovalyov Bektemir Meliqo‘ziev bilan jang qilish imkoniyatini saqlab qolmoqchi
Fikrlar