
Vasiliy Lomachenko va Teofimo Lopes o‘rtasida ikkinchi jang bo‘yicha kelishuvga erishildi
Manbalarning xabar berishicha, professional boksning engil vazn toifasida (-61,2 kg) Vasiliy Lomachenko (15-2, 11KO) va Teofimo Lopes (16-0, 12KO) o‘rtasidagi 2-jang bo‘yicha kelishuvga erishildi. Jang shartnomasi ham tayyor, faqat imzolash qolgan. Mazjur to‘qnashuv dekabr oyida "Madison Square Garden" arenasida bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Teofimo Lopes 14 avgust kuni IBF yo‘nalishida majburiy da’vogar Jorj Kombobosga (19-0, 10KO) qarshi ringga ko‘tariladi.
Fikrlar