
Vardining so‘nggi daqiqada kiritgan goli "Lester"ga "Sheffild" ustidan g‘alaba keltirdi (video)
Angliya premer-ligasining 11-turida “Lester” safarda “Sheffild”ga qarshi bahs olib bordi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuv 1:2 hisobida “tulkilar”ning g‘alabasi bilan yakunlandi. “Lester”ga 3 ochko keltirgan ikki golni Ayose Peres (24') va Jeymi Vardi (90') kiritdi. Maydon egalari safida Oliver Makberni (26') o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar