Vardi: "Asosiy omil oilam bo‘ldi"
"Kremoneze" forvardi Jeymi Vardi Italiya klubiga o‘tishi haqida to‘xtaldi:
"Bu qarorni oilam bilan birga qaror qabul qildim va juda xursandman. Juda ko‘p omillarni hisobga oldim, lekin asosiy omil — bu oilam edi. Endi jamoaga yordam berish uchun mashg‘ulot olib boryapman va murabbiyga kerak bo‘lgan paytda maydonga chiqishga tayyorman", – dedi Vardi Sky Sports’ga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u "Kremoneze"ga rozilik berish uchun boshqa klublar taklifini rad etgan.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi 13 yil davomida Vardi Angliyada "Lester" safida to‘p surdi. U 2016 yili mamlakat chempioni, 2020 yili esa Kubok sohibi bo‘lgan, shuningdek, "Lester" bilan Chempionlar ligasi chorak finaligacha etib borgan.



Fikrlar