Varan: “Bizning tajribamiz etarli”
Frantsiya himoyachisi Rafael Varan yarim final bosqichidan o‘rin olgan Marokashga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, terma jamoa bunday o‘yinlar uchun tajribaga ega.
“Bizda bu tuzoqqa tushib qolmaslik uchun tajribamiz etarli. Ular juda yaxshi himoyalanishadi.
Bunday uslub egalariga qarshi o‘ynash qiyin bo‘ladi. Biz hammamiz navbatdagi jangga tayyorlanishimiz zarur” – dedi 29 yoshli himoyachi.
“Bu Jahon chempionati. Agar finalga chiqishni istasangiz, oxirigacha kurashishingiz kerak. Ular Marokash futbol tarixini yozishmoqda. Ularda o‘ziga ishonch bag‘ishlaydigan jamoaviy kuch bor” – deya qo‘shimcha qildi Rafael.
Ma’lumot uchun, Marokash turnirda hali mag‘lub bo‘lmadi va o‘z darvozasidan faqatgina bir marta to‘p olib chiqqan. Frantsiya afrikaliklar to‘sig‘idan o‘ta olsa, ketma-ket Jahon chempioni bo‘lish imkoni bo‘ladi. Oxirgi marta bu ishni Braziliya 1958 va 1962 yillarda amalga oshirgan.



Fikrlar