Van Gal: "Shogirdlarim mendan zerika boshladi, ularning ko‘ziga ko‘rinmay turaman"

  • 3 dekabr, 2022, 23:53
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal Jahon chempionati nimchorak final bosqichi doirasidagi AQShga qarshi o‘yindan (3:1) so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Rejamiz maydon bo‘ylab bo‘sh zonalarni ochish edi va bunga erishdik. Bir-biridan chiroyli gollar guvohiga aylandik. Ayniqsa, uchinchi golda chap qanot himoyachisi o‘ngdagisiga pas berdi - bu ajoyib.

Ammo to‘p bilan ishlashda etarli darajada yaxshi o‘ynay olmayapmiz. To‘p raqibda bo‘lgan paytda barchasini to‘g‘ri amalga oshirmoqdamiz. Lekin o‘zimiz tez-tez keraksiz yo‘qotishlarga yo‘l  qo‘ymoqdamiz.

O‘yinimizni yaxshilashimiz kerak, aks holda, Jahon chempioni bo‘la olmaymiz. Shogirdlarimga 1 kun dam beraman. Bu vaqt oralig‘ida ularning ko‘ziga ko‘rinmayman. Futbolchilarim mendan zerika boshladi",-dedi van Gal.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!