
Van Gal otdan tushsa ham egardan tushmoqchi emas!
Niderlandiya terma jamoasi ustozi Lui van Gal murabbiylik faoliyatini joriy lavozimidan keyin ham davom ettirish istagi borligini inkor etmadi.
Bundan avvalroq "Ayaks", "Bavariya" hamda "Manchester Yunayted" klublarining sobiq ustozi JCh-2022dan keyin faoliyatini yakunlamoqchi ekanini aytgan edi.
"Hech qachon to‘xtadim dema. Bunga doir yaxshi misol mavjud: Dik Advokat. Siz uni yaxshi taniysiz - u mendan ham katta bo‘lishiga qaramay Iroq terma jamoasini boshqardi. Umuman boshqa muhitga moslashib ketaverishini isbotladi. Nega endi men ham buni qila olmas ekanman?!
Agar yaxshi taklif tushsa, balki faoliyatimni davom ettirarman. Men 71 yoshdaman, lekin hali ham futboldan to‘liq umidimni uzmaganman", - dedi Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi.
Eslatib o‘tamiz, "lolalar yurti" vakillari JCh chorak finalida Argentinaga qarshi bahs olib boradi. O‘yin ertaga tungi vaqt bilan 00:00da start oladi.
Fikrlar