
Van Deykka shartnomasini uzaytirmasdan avval Londonning grand klubi ko‘z tikkan ekan
Londonning "Chelsi" jamoasi "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deykni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida bo‘lgan.
"The Athletic" nashri jurnalisti va insayderi Devid Ornshteynning xabar berishicha, "Chelsi" niderlandiyalik futbolchini shartnomasi tugagach, erkin agent sifatida olishni rejalashtirgan. Biroq, van Deyk "Liverpul" bilan shartnomasini yana ikki yilga uzaytirishga qaror qildi.
Bundan tashqari, bir necha oy avval fulbekka Ispaniyaning "Real Madrid" va "Barselona" klublari ham jiddiy qiziqish bildirgani haqidagi mish-mish xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, 33 yoshli himoyachi joriy mavsum mersesaydliklar safida 44 bellashuvda ishtirok etib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar