Van Deyk mundialda Paredesni nima uchun turtib yuborganini tushuntirib berdi

  • 2 yanvar, 2023, 16:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya terma jamoasi etakchisi Virjil van Deyk Qatardagi jahon chempionati chorak final bahsida Argentina yarim himoyachisi Leandro Paredes bilan bo‘lgan voqeani esladi. 

Tecno

"Paredes bilan bo‘lgan jarayon odatda menda ko‘p sodir bo‘lavermaydi. Bu o‘sha vaziyatning harorati bilan bog‘liq edi. Biz futbolchilar o‘ta hissiyotga berilib turgandik. Hammamiz insonmiz va g‘alaba qozonishni istaymiz. Men mamlakatim uchun zafar quchishni xohlab turgandim, xolos.

Niderlandiya hozirda ajoyib tarkibga ega. Ronald Kumanning qaytishi bizga yana ustunlik taqdim etadi. Umid qilamanki, biz yozda Millatlar ligasida g‘alaba qozona olamiz. Men terma jamoam bilan qandaydir sovrin qo‘lga kiritishni istayman", - dedi "Liverpul" himoyachisi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!