Van Deyk: "Chempion bo‘lishni istaymiz"

  • 24 dekabr, 2024, 15:45
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul"ning markaziy himoyachisi va sardori Virjil van Deyk joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida g‘alaba qozonish uchun kurashda klubni so‘zsiz favorit deb hisoblash mumkinmi, degan savolga javob berdi.

Tecno

Himoyachining aytishicha, bunday xulosalar chiqarish uchun hali vaqt erta:

"Bizda bu borada tajriba bor. Jamoa ikki marotaba chempionlikka juda yaqin kelib, ozgina farq bilan mag‘lubiyatga uchradi. "Tottenxem" kuchli raqib, biz ularni engdik. Endi "Lester" bilan bo‘ladigan o‘yinga tayyorlanishimiz kerak. Eng muhimi - har bir o‘yinga alohida e’tibor qaratish. May oyida nima bo‘lishini o‘ylamaymiz. Biz chempionlikni qo‘lga kiritishni istaymiz. Biroq, buni amalga oshirish qanchalik qiyin ekanligini bilamiz."

Eslatib o‘tamiz, 22 dekabr kuni "Tottenxem" va "Liverpul" o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘yin yakuniga ko‘ra, unda mehimonlar 3:6 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi va 39 ochko to‘plab, Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!