
Van Deyk "Chelsi"ni yana mag‘lub eta olishiga ishonmoqda
"Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk "Chelsi"ga qarshi Angliya kubogi finalidan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bu alohida turnir. So‘nggi bir necha yil ichida turli sabablarga ko‘ra finalga chiqa olmaganmmiz. Lekin hozir ushbu bosqichdamiz va bu o‘yin biz uchun ijobiy tomonlama yakunlanishini istaymiz.
"Liverpul"ga kelganimdan keyin Angliya kubogi men yuta olmagan yagona sovrindir. Endi esa ajoyib o‘yinlar namoyish etayotgan "Chelsi"ga qarshi bahsda g‘alaba qozonib, bu bo‘shliqni to‘ldirish imkoniyati bor. Uchrashuv qanchalik qiyin bo‘lishini bilamiz, sababi bir necha oy oldin Liga kubogi finalida "Chelsi" bilan to‘qnashganmiz. Umid qilamanki, bu ishni yana uddalay olamiz, - dedi van Deyk "Liverpul" rasmiy saytiga bergan intervyusida.
"Liverpul" va "Chelsi" o‘rtasidagi Angliya kubogi finali 14 may shanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:45da boshlanadi.
Fikrlar