Van Deyk Angliyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

  • 17 dekabr, 2019, 23:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi himoyachisi Virjil van Deyk yana bir shaxsiy sovringa ega bo‘ldi.

Tecno

Aniqrog‘i, gollandiyalik himoyachi Angliya futbol muxlislari assotsiatsiyasi tomonidan 2019 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Aytish kerakki, van Deyk ovoz berish natijalariga ko‘ra Raxim Sterling ("Manchester Siti"), Son Xin Mina ("Tottenxem"), Jeymi Vardi ("Lester"), Per-Emerik Obameyang ("Arsenal") va Sadio Mane ("Liverpul") kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.

Eslatib o‘tamiz, van Deyk bundan avvalroq Angliya premer-ligasi va Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi tomonidan ham APLning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!