Van Deyk tan oldi

  • 1 aprel, 2020, 11:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi himoyachisi Virjil van Deyk "Barselona" forvardi Lionel Messiga qarshi o‘ynash chindan ham qiyin ekanligini tan oldi.

Tecno

“Faoliyatim davomida bir nechta kuchli hujumchilarga qarshi o‘ynashimga to‘g‘ri kelgan. Ular orasida Lionel Messiga qarshi o‘ynash ehtimol eng qiyini bo‘lgandir. Premer-ligada esa Serxio Agueroni shunday raqib deb aytgan bo‘lardim”, - deydi gollandiyalik futbolchi.

Yodingizda bo‘lsa, o‘tgan mavsum Chempionlar ligasi yarim finalida “Barselona” va “Liverpul” o‘zaro to‘qnash kelgan edi. Jamoalarning “Kamp Nou”dagi dastlabki o‘yinida “ko‘k-anor ranglilar” 3:0 hisobida zafar quchishgan va shu o‘yinda Messi dubl qayd etgan edi. Ammo, “Enfild”da o‘tgan javob bahsida 4:0 hisobida zafar quchgan “Liverpul” yakunda finalga yo‘l olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!