Van Bronkxorst "Man Siti" murabbiyi bo‘ldi

  • 9 sentabr, 2019, 14:55
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jovanni van Bronkxorst "Manchester Siti" murabbiylar shtabidan o‘rin oldi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan haftadayoq gollandiyalik mutahassisni inglizlarning mashg‘ulotlarida ko‘rishgan.

Aslida Van Bronkxorst Gvardiolaning murabbiylar shtabiga yozda kiritilgan, ammo bu haqida e’lon qilishni istashmagan.

Klub rahbariyati Van Bronkxorstni klub falsafasi bilan tanishtirishdan manfaatdor.

Ma’lumot uchun, 44 yoshli mutahassisning songgi ish joyi "Feyenoord" klubida bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!