Valverde: Neymar borasidagi gaplardan juda charchadim
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde PSJ hujumchisi Neymarning kataloniyaliklar safiga qaytishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
“Men bu mish-mishlardan holi bo‘lish uchun transfer oynasi yopilishini sabrsizlik bilan kutyapman. Agar ushbu xabarlarni 1 dan 10 foizgacha deb oladigan bo‘lsak, men 9,5 foiz charchadim”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniyada transfer oynasi 2 sentyabr kuni tunda yopiladi.



Fikrlar