
Valverde: "Men o‘sha tun uhlay olmadim, revansh olmoqchimiz"
"Real Madrid" etakchilaridan biri hisoblangan Federiko Valverde Ispaniya Superkubogi finalidan avval Anchelotti bilan birga matbuot anjumanida ishtirok etdi. Yarim himoyachi navbatdagi o‘yin va o‘tgan o‘yindagi natija haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi..
"Biz oxirgi "El-Klasiko" uchun qasos olmoqchimiz. O‘sha kecha qiyin bo‘ldi, tuni bilan hech uxlay olmadim. Jamoam bilan birga g‘alaba qozonishimizga ishongandik, lekin ishlar rejadagidek bo‘lmadi. Bo‘lajak uchrashuvga esa biz juda qattiq tayyorgarlik ko‘rdik.
Muhlislarimizni xursand qilish uchun ushbu to‘qnashuvda qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz" - dedi urugvaylik futbolchi.
Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya Superkubogi finali bugun Toshkent vaqti bilan 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar