
Valverde "Betis"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi. Futbolchi qachon safga qaytishi haqida Anchelotti to‘liq javob berdi
"Real Madrid” yarim himoyachisi hisoblangan Federiko Valverde La Liganing navbatdagi turida “Real Betis”ga qarshi uchrashuvda ishtirok eta olmasligi ma’lum bo‘ldi.
Xabaringiz bor, urugvaylik futbolchi noma’lum sabablarga ko‘ra, so‘nggi 2 ta o‘yin “Jirona” va “Real Sosedad”ga qarshi maydonga tusha olmadi. Valverde ushbu vaqt davomida umumiy guruh bilan emas, sport zalda mashg‘ulot o‘tkazayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Biroq, “Betis”ga qarshi uchrashuvdan avval jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti matbuot anjumanida qatnashib, futbolchi ertangi bellashuvda safda bo‘lmasligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, mutaxassis qo‘shimcha qilgan holda, unda hech qanday jarohat yo‘qligi va “Atletiko”ga qarshi o‘ynay olishini tasdiqladi.
26 yoshli xavbek 2024 yilning 11 mayidan buyon ketma-ket 56 ta bellashuvda qatnashib kelayotgan edi.
Ma’lumot o‘rnida, Federikodan tashqari, ertangi uchrashuvda Bellingem (diskvalifikatsiya), Sebalos (jarohat) va Valexo (jarohat) ham jamoaga yordam bera olishmaydi.
Fikrlar