
Valentina Shevchenkodan Habib Nurmagomedovga o‘ziga xos javob!
Super engil vazn toifasida UFC chempioni Valentina Shevchenko “UFC 266” turnirida Loren Myorfini mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng, Habib Nurmagomedovning ring-qizlari haqidagi so‘zlariga munosabat bildirdi.
Avvalroq, promoushenning sobiq chempioni qizlarni jang san’atlaridagi eng foydasiz odamlar deb atagan edi.
“Chiroyli ayollar - har qanday tadbirning bezagi. Men buni odamlar bilishini xohlayman. Hech kim ularni befoyda deb aytishga haqli emas. Ular bo‘lishi kerak bo‘lgan joyda va boshidanoq shu erda”, - dedi Shevchenko.
Fikrlar