"Valensiya"ga qarshi o‘yinda almashtirilgan de Yongning holati ma’lum qilindi

  • 6 mart, 2023, 17:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong bo‘lajak o‘yinlarda maydonga tushishi mumkin.

Tecno

Niderlandiyalik futbolchi La Liga doirasidagi "Valensiya"ga qarshi uchrashuvida (1:0) asosiy tarkibda maydonga tushdi, biroq birinchi bo‘limdan so‘ng uning o‘rnini Frank Kessi egalladi.  Ispan nashrlari xabariga ko‘ra, yarim himoyachini almashtirish faqat ehtiyot chorasi bo‘lgani uchun jarohat borasidagi shubhalar yo‘q.

"Real" bilan kubok o‘yinidan keyin 25 yoshli futbolchi charchagan va o‘zini yaxshi his qilmayotgan edi, shuning uchun Xavi uni almashtirishga  qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, "ko‘k-anorranglilar" Ispaniya chempionatining keyingi turida "Atletik"ni  klubini qabul qiladi. Uchrashuv 12 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!