
"Valensiya" sobiq prezidenti: "Vinisius Junior o‘ta provakator"
"Valensiya"ning sobiq prezidenti Vinisius Juniorning xatti-harakatlarini tanqid qildi. Pako Rog 2023 yilda Mestalyadagi voqeani esladi. Shundan so‘ng "Valensiya" muhlislari Vinisius Juniorni haqorat qilib, "Real" qanot himoyachisini "maymun" deb atagan va bu holat o‘yinning 8 daqiqaga to‘xtatilishiga sabab bo‘lgandi.
"U ajoyib o‘yinchi bo‘lishi mumkin. Lekin shaxs sifatida ahmoq. Har doim hakamga shikoyat qiladi. Men Janubiy Amerikada 20 yoki 30 marta bo‘lganman va men bilan hech narsa sodir bo‘lmagan. Men Janubiy Amerikaga kamtarlik bilan kelaman va mahalliy aholi bilan samimiylik bilan muloqot qilaman. Men u erga borib, o‘zimni daho deb da’vo qila olmayman. Ammo u yigit bunday bo‘la olmaydi", - dedi Pako Rog.
Fikrlar