
"Valensiya" etakchilaridan biri "Chelsi"ga qarshi o‘yinda ishtirok etolmaydi
"Valensiya" yarim himoyachisi Denis Cherishev EChL guruh bosqich 5-turidan o‘rin olgan "Chelsi"ga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam berolmaydi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha 28 yoshli rossiyalik futbolchi jarohatidan sog‘ayib ulgurmagani bois “aristokratlar”ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.
Ma’lumot uchun, "Valensiya" - "Chelsi" uchrashuvi 27 noyabr kuni 22:50 da boshlanadi.
Fikrlar