Valdemar Antonga APLning 3 ta klubi qiziqish bildirmoqda

  • 6 dekabr, 2023, 22:03
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Shtutgart" himoyachisi Valdemar Anton APLga yo‘l olishi mumkin. Unga chempionatning 3 ta klubidan qiziqish bor, deya xabar bermoqda "TEAMTalk" nashri. 

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, ushbu mavsum jamoasi tarkibida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lgan futbolchi uchun "Arsenal", "Aston Villa" va "Vest Xem" klublari kurash olib bormoqda. Shuningdek, unga "Bavariya" va "Bayer" jamoalari ham qiziqish bildiryapti. 

Eslatib o‘tamiz, Anton asli Toshkent viloyati Olmaliq shahrida tug‘ilgan. U 2013 yilda "Gannover" akademiyasiga borib qo‘shilgan va 2020 yilda "Shtutgart"ga ko‘chib o‘tgandi. O‘tgan yozda u "Vilyarreal"ga o‘tish ham mumkin edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
06/12/2023 22:31
Узбекистон миллийга канча пул болсаям кизиктириб олиб келиш кере