Vadim Nemkov va Davlatjon Yaxshimurodov "Bellator 257" turnirida o‘z janglarini o‘tkazdi

  • 17 aprel, 2021, 08:49
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Bir necha daqiqalar avval AQShning Konnektikut shtati Ankasvill shaharchasidagi “Mohegan Sun” arenasida "Bellator 257" turnirining markaziy jangi ham o‘z yakuniga etdi. Mazkur turnirning ikkinchi markaziy jangi sobiq UFC jangchisi Kori Anderson va turkmanistonlik Davletjon Yaxshimurodov o‘rtasida bo‘ldi va bu to‘qnashuvda Anderson texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi. Shuningdek, u promoushenning Gran-Pri turnirining yarim finaliga yo‘l oldi. Bu bosqichda Anderson og‘ir vazn toifasidagi chempion Rayan Bayder bilan duch keladi. 

Tecno

Markaziy jang esa rossiyalik Vadim Nemkov va AQSh vakili Fil Devis o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Bu ularning revansh jangi bo‘lib, dastlabkisida ham rossiyalik Fyodor Emelyanenkoning shogirdi bo‘lgan Nemkov ochkolar hisobiga g‘alaba qozongan edi. Bu safar ham jang to‘liq 5 raund davom etdi va yakunda nisbatan yaxshiroq hamda aniqroq harakat qilgan rossiyalik jangchi yana bir bor zafar quchdi. 

Mazkur to‘qnashuvda o‘rtaga Vadim Nemkovning yarimog‘ir vazn toifasidagi chempionlik kamari va Gran -Pri turnirining yarim final bosqichiga chiqish qo‘yilgandi. Shu tarzda g‘alaba qozongan Vadim Nemkov birinchi himoyasini muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazish barobarida Gran-Pri yarim finaliga yo‘l oldi. Endi, u keyingi bosqichda sobiq UFC jangchilari Entoni Jonson hamda Yol Romero g‘olibiga qarshi jang qiladi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!