Vadim Abramov: Xo‘p, bu o‘yinda men taktik tomonlama yutqazdim. Futbolchilar bir bosh baland, murabbiy esa omadsiz

  • 29 mart, 2021, 20:58
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Vadim Abramov ishtirok etdi.

Tecno

"Muxlislar oldida uzr so‘rashni xohlardim. Bugun ularni xursand qilishni istagan edik. O‘yin yaxshi bo‘ldi. Tayyorgarlik uchun Iroq yomon raqib emasdi. Bunday jamoalarga qarshi himoyada yaxshi harakat qilish lozim. G‘alaba qozonganingizda, bu muammolar ko‘rinmaydi. Menimcha, bizda yomon jamoa yig‘ilmagan. Mag‘lub bo‘lishimizga qaramay, oldinda turgan vazifani uddalashimizga ishonaman. Bu baxonadek ko‘rinishi mumkin, lekin Iroq O‘zbekistonga 22 mart kuni keldi, biz esa 26 kuni o‘yin o‘tkazdik. Bugungi o‘yinda o‘tgan safargi futbolchilarga dam berishimiz ham mumkin edi. Ammo muxlislar Shomurodov va boshqa legionerlarni ko‘rishni istashi aniq.

Himoyada yaxshi harakat qilmayapmizmi, demak, ko‘proq gol urishimiz kerak. Bu - futbol! Sen urmasang, senga urishadi. Iroqni Saudiya Arabistoni bilan solishtirmaslik lozim. Bu o‘yinda yutqazayotib hujumga o‘tdik, raqib faqat qarshi hujumda o‘ynadi. Balki yana gol o‘tkazib yuborishimiz mumkin edi. Xatolarimiz uchun jazolandik.

Sergeev jarohat olgandi. Shomurodov gol urishni xohladi. Shuning uchun uni o‘yinning oxirigacha maydonda qoldirdim. Gol urolmaganidan uning juda jaxli chiqdi. Biz hujum chizig‘i haqida o‘ylamayapmiz. U yuqori darajadagi futbolchi.

Xo‘p, bu o‘yinda men taktik tomonlama yutqazdim. Futbolchilar bir bosh baland, murabbiy esa omadsiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Rustamov Dilmurod
30/03/2021 04:11
Jinnimisan muxlislar kurishni istadi deb qolgan oʻyinchilarni osongina Ahladga chiqaryapsan san yaxshi murabbiy bilganingda 2yil oldin neftchini oliy ligaga olib chiparding
&
31/03/2021 06:41
Далбаёбмсна блмиман
&
Турсун Ғани
29/03/2021 21:46
Абрамов Бугун сиз ва йигитлари ютқазди. Лекин ИЮН Ойида ҳал қилувчи баҳсларда сиз ва бир бош баланд йигитларингни ютқазишга ҳаққи йўқ. Гуруҳдан чиқа олмай қолиб кетсаларинг сени ҳам БАБАЯНДАН фарқинг қолмайди. Ўзбекистон учун.
&
31/03/2021 06:40
Кулингдан келса бошкар терма жамоани. Келадими а ?
&
Турсун Ғани
18/04/2021 17:11
Келад нима демоқчисан.