
Vadim Abramov: "Raqibga ham qoyil qolish kerak"
"Dinamo" - "Neftchi" (0:1) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov matbuot anjumanida qatnashdi.
- Bugun durang bo‘lishi kerak edi. Biz ham g‘alabaga haqli emasdik, bitta pozitsion xato tufayli gol o‘tkazib yubordik. Birinchi taym boshida Frantsis Narxning kutilmagan jarohati o‘yinimizga ta’sir qildi. Afsuski, mag‘lub bo‘ldik, raqibga ham qoyil qolish kerak, bitta vaziyatdan foydalanib ketdi.
Mashg‘ulot maydoni? Hozir bu haqda gapirmoqchi emasdim. Xuddi bahonadek bo‘lib qoladi. Afsuski, Samarqandda qanday maydonda mashg‘ulot qilganimizni bilasiz, ikkita turli maydonda mashq qilish va o‘ynash ta’sir qiladi, albatta.
- Qachon jamoa Samarqandga qaytadi?
- Hozir mart oyida FIFA kunlari bo‘ladi, keyin Kubok tufayli Superligada tanaffus bo‘ladi. Menimcha, aprel oyi oxirida Samarqandda o‘ynay olamiz.
- Nima uchun Emmanuel Yagrni maydonga kech tushirdingiz?
- Sababi asosiy tarkibda boshqa hujumchilar o‘ynashdi. Yagr anchadan buyon maydonga tushmagandi, shu bois uning imkoniyatlarini bilib olish uchun zaxiradan tushirdik.
"Dinamo" matbuot xizmati.
Fikrlar