
Vadim Abramov "Olimpik" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Superliganing 19-turida "Dinamo" "Olimpik" mehmoni bo‘lib, 3:0 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, Kojo hisobni ochgan bo‘lsa, Xalilov farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Shundan keyin Toirov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. Bellashuvdan keyin Vadim Abramov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Birinchi bo‘limda omadimiz kelmayotgandek edi. Ikkinchi bo‘limda faolroq bo‘ldik va yirik g‘alabaga erishdik. Natijadan qoniqdim, yigitlarga rahmat.
Joel Kojo? Hammasi yaxshi. Uning kayfiyati ham joyida. O‘shanda u biroz hissiyotlarga berilgandi. Hozir hammasini tushundi va jamoamiz uchun yordamga tayyorligini bugun goli bilan ko‘rsatdi. O‘rtamizda hech qanday muammo yo‘q", - deydi Vadim Karlenovich.
Fikrlar