UZ Football Awards. PFL ayollar futbolida yilning eng yaxshi murabbiyligiga nomzodlarni ma’lum qildi (Foto)

  • 16 dekabr, 2021, 16:57
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mamlakatimizda 2021 yilgi futbol mavsumi o‘z nihoyasiga etib bormoqda. Barcha rasmiy musobaqalar yakunlanib, yil sarhisobini amalga oshiradigan payt ham borgan sayin yaqinlashmoqda.

Tecno

Yil davomida o‘zini har jihatdan namoyish etgan holda futbolimiz jamoatchiligi e’tirofiga sazovor bo‘lgan futbolchi, futzalchi, murabbiy hamda yana ko‘plab futbol jonkuyarlarini taqdirlash maqsadida O‘FA hamda O‘zPFL mavsum yakunlariga bag‘ishlab yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi – UZ Football Awards tadbirini o‘tkazadi. 

UZ Football Awards marosimi joriy yilning 25 dekabr kuni ZO’R TV ning Renaissance Hall tantanalar zalida bo‘lib o‘tadi.

Bugun PFL ayollar Oliy ligasidagi "Eng yaxshi murabbiyi" bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatini ma’lum qildi. Unga ko‘ra quyidagi mutaxassislar "Eng yaxshi murabbiyi" bo‘lishga da’vogar:

Elmira Gulyamova ("Bunyodkor-W") — O‘zbekiston Superkubogi sohibi, Oliy liga vitse-chempioni, O‘zbekiston kubogi finalchisi

Bahrom Norsafarov ("Sevinch") — Oliy liga bronza medali sohibi

Sherali Boboqulov ("So‘g‘diyona-W") — Oliy liga chempioni, O‘zbekiston kubogi sohibi

photo_2021-12-16_16-51-23

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!