
UZ Football Awards - 2021. Yilning eng yaxshilari aniqlandi
Bugun eng yaxshilarni aniqlab beruvchi UZ Football Awards - 2021 marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirga "Renaissance Hall" mezbonlik qildi. Mazkur marosimda bir qator nominatsiyalarda eng yaxshilar aniqlandi. Unga ko‘ra:
O‘zbek futboli nuroniysi — Axbor Imomxo‘jaev
Fidoyilik ramzi — Sadri Nosirov
Jasorat sovrini — O‘zbekiston kar-soqovlar terma jamoasi
Eng yaxshi hududiy assotsiatsiya — Qoraqalpog‘iston FA
Muxlislar mehri — “Andijon” fan-klubi
Futzal. Yilning eng yaxshi murabbiyi — Bahodir Ahmedov (O‘zbekiston futzal terma jamoasi va “Huaxin-Jizzax”) — Jahon chempionati-2021 ishtirokchisi
Eng yaxshi futzalchi — Dilshod Rahmatov (O‘zbekiston futzal terma jamoasi va “Huaxin-Jizzax”) — Jahon chempionati-2021 ishtirokchisi, Oliy liga-2020/21 bronza medali sohibi
Ayollar Oliy ligasi-2021 to‘purari — Diyora Habibullaeva (“So‘g‘diyona-W”) — 19 o‘yin, 32 gol
Ayollar Oliy ligasi-2021. Yil murabbiyi. Sherali Boboqulov («So‘g‘diyona-W») — Oliy liga chempioni, O‘zbekiston kubogi sohibi
Ayollar Oliy ligasi-2021. Yil futbolchisi. Diyora Habibullaeva (“So‘g‘diyona-W”) — 19 o‘yin, 32 gol. O‘zbekiaton chempioni, O‘zbekiston kubogi g‘olibasi
Pro liganing eng yaxshi futbolchisi - Marko Obradovich (“Neftchi”) — 19 o‘yin, 12 gol
Eng yaxshi hakam — Ilgiz Tantashev
Superliga eng yaxshi to‘purari - Dragan Cheran (“Paxtakor”)
Superliga. Yil murabbiyi — Piter Xyuistra (“Paxtakor”)
Superliga. Yil futbolchisi - Husain Norchaev (“Nasaf”) — 26 o‘yin, 13 gol, 1 assist
Eng yaxshi yoshlar murabbiy — A’zam Sherg‘oziev (AGMK U21) U21 Chempionati g‘olibi
Yosh yulduz — Husain Norchaev (“Nasaf”)
Yilning eng yaxshi ayollar murabbiyi — Ilhom Hanjariev (AGMK-W)
Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi — Dildora Nozimova (“Bunyodkor-W”)
Yilning eng yaxshi murabbiyi — Ro‘ziqul Berdiev (“Nasaf”)
Futbol rivoji uchun — Xayrulla Bozarov (Farg‘ona viloyati hokimi)
Yilning eng yaxshi futbolchisi — Eldor Shomurodov (“Roma” va O‘zbekiston MTJ)
Fikrlar