Usmon Toshevning Turkiyaga safaridan ko‘zlangan maqsad nima edi?

  • 15 mart, 2021, 19:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikiston milliy terma jamoasini boshqarib kelayotgan hamyurtimiz Usmon Toshev Turkiyaga borib kelgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Albatta, uning bu safarni amalga oshirishi shaxsiy yoki murabbiylik ishi bilan bog‘liqmi, shunisi bizga qiziq edi.

Toshevning mazkur masala bo‘yicha sports.uz muxbiriga aytishiga qaraganda, u erda 10 kun bo‘lgan va shu vaqt davomida Tojikistonning ikki etakchi klubi – “Istiqlol” bilan “Xo‘jand” jamoalarining nazorat o‘yinlarini ko‘rdi. Chunki ayni paytda ikkala klub Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda. Usmon Toshev esa ushbu klublar safidagi Tojikiston terma jamoasiga nomzod futbolchilarning o‘yinlarini yana bir bor kuzatib qaytgani oydinlashdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!