
Usmon Toshev Tojikiston terma jamoasidagi yordamchilarini "Nurafshon"ga olib keldi
“Nurafshon” klubi bosh murabbiyi sifatida ishga kirishgan Usmon Toshev jamoani mavsumning ikkinchi qismiga qizg‘in tarzda tayyorlayapti. Saytimizni kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, kecha tarkibdagi o‘zgarishlar haqida ma’lumot bergandik.
Usmon Toshev murabbiylar shtabini ham aniqlashtirib oldi. Ma’lum bo‘lishicha, Tojikiston milliy terma jamoasida ushbu mutaxassisga yaqindan yordam bergan Daler Kayosov hamda darvozabonlar murabbiyi Alisher To‘ychiev “Nurafshon”da ham Usmon Qudratovichning shtabidan joy oldi.
Shu bilan birga jamoada buxorolik murabbiylar – Mirislom Hasanov bilan Suhrob Qobilov ham Toshevga yordam beradilar.
Fikrlar