
Usik uchun eng qiyin jang kimga qarshi bo‘lgandi?
Frenk Uorrenning fikriga ko‘ra, mijozi Daniel Dyubua (21-2,20 KO) Tayson Fyuri (34-1-1,24 KO) bilan jang qilgunga qadar amaldagi mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik (22-0,14 KO) uchun og‘ir vazn toifasida eng qiyin raqib bo‘lgan.
“ Usik Fyuri bilan to‘qnash kelguniga qadar og‘ir vazn toifasida o‘zining eng qiyin jangini Dyubuaga qarshi o‘tkazdi. O‘sha jangda Usik juda ko‘p muammolarga duch keldi. Ahamiyatli jihati, u endigina 26 yoshda, lekin u allaqachon ko‘p narsalarni o‘rgangan. Bu vazn toifasidagi barcha jangchilar uni yosh bola deb o‘ylashardi, endi u ulg‘aydi.", dedi Uorren.
Ma’lumot uchun, Dyubua so‘ngi jangini 1 iyun kuni og‘ir vazn toifasi kelajagi deya e’tirof etilayotgan xorvatiyalik Filipp Xrgovichga(17-1,14 KO) qarshi o‘tkazdi va uni texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi.
Fikrlar