Usik "Polese" bilan evrokuboklar uchun kurashmoqchi

  • 30 yanvar, 2024, 11:46
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

WBA, WBO, IBF yo‘nalishlari bo‘yicha og‘ir vazn toifasida amaldagi jahon chempioni Aleksandr Usik Polshaning "Stal" klubi va "Polese" o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Bahsdan so‘ng, Aleksandr klubning You Tube kanaliga qisqa intervyu berib, Jitomir klubining maqsadlari, shuningdek, o‘zi qachon jamoada debyut qilishi haqida gapirdi.

Tecno

"Biz yirik g‘alabalar sari, UPL da chempionlik sari intilyapmiz. Men, albatta, evrokuboklarga chiqishni va chempionlik uchun kurashishni istayman...Men albatta buni bajaraman va yig‘inga kelaman. Hozircha esa bir oz dam olmoqchiman...", – dedi Usik.

Eslatib o‘tamiz, 17 fevral kuni Usik Tayson Fyuri bilan jang o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!