Usik-Fyuri revansh jangida katta o‘zgarishlar yuz berishi mumkin

  • 13 dekabr, 2024, 12:55
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Jangdan 8 kun oldin WBC tashkilotchilarga Usik-Fyuri revansh jangida ba’zi qoidalarni o‘zgartirish taklifi bilan murojaat qildi.

Tecno

"Biz WBC qarori WBA, WBO va IBF vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini istaymiz. O‘ylaymizki, agar bahsli vaziyatlar yuzaga kelsa, hakamlar ring yonida qo‘shimcha ekranlardan foydalanib, o‘sha daqiqalarni ko‘rib chiqishi mumkin. Bunday hollarda sudyalar o‘z fikrlarini o‘zgartirib, to‘g‘ri qaror qabul qila olishadi", - dedi WBC prezidenti Maurisio Sulaymon.

Eslatib o‘tamiz, Aleksandr Usik va Tayson Fyuri jangi 21 dekabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!