Ushbu yozning eng katta transferlaridan biri amalga oshadimi yoxud Osimxen atrofida nimalar bo‘lmoqda?

  • 30 avgust, 2024, 09:05
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ancha vaqtdan beri "Napoli" Viktor Osimxen transferidan katta pullar ishlab olishni o‘z oldiga maqsad qilib keladi. Klub unga 110 million evrolik tovon puli belgilagan va hech qanday jamoa bilan muzokaralar olib borishni istamadi.

Qaror qabul qilingan: Kim futbolchini o‘z tarkibida ko‘rishni istasa, 110 million evroni neapolliklar hisobiga o‘tkazib berishi kerak bo‘ladi. Hujumchini qo‘lga kiritishni boshqa iloji yo‘q. Bu esa Osimxenni sotib olishni qiyinlashtirdi va Evropadan yoz davomida hech kim taklif bilan chiqa olgani yo‘q. Transfer oynasi yopilishiga oz qolganidan esa ikkita klub bu transfer ustida faol ishlamoqda.

Victor Osimhen - profil igroka 24/25 | Transfermarkt

"Chelsi"

Hatto "Aristokratlar" ham uni ayni paytda sotib ololmaydi. London klubi Viktorni xarid qilish majburiyati bilan ijaraga olishga harakat qilmoqda.

Hozir klubdan Italiyaga agentlar etib kelishgan va "Napoli" bilan faol muzokaralar olib borishmoqda. Shu bilan birga, ular Osimxen bilan maoshni ham kelishib olishga harakat qilyapti. Agarda rahbariyat bilan kelishuv amalga oshsa, futbolchining "Chelsi"ga transferi katta ehtimo bilan o‘xshagan bo‘ladi. 

Chelsea set to miss out on Victor Osimhen as Al-Ahli close in on €65m  transfer agreement with Napoli | Goal.com Nigeria

"Al-Ahli"

Riyoddan ham agentlar Italiyada bo‘lib turishibdi va ular bilan ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar ketmoqda. Saudiyaliklarning taklifi 68 million evroga teng. Bu "Napoli"ni qoniqtiradi. Sababi, ayni payt klub 110 million evro talab qiladigan ahvolda emas. Futbolchiga esa 4 yillik shartnoma va 160 million evrolik maosh taklif qilindi. "Al-Ahli" birinchi italiyaliklar, keyin esa 25 yoshli hujumchi bilan kelishib olishni maqsad qilgan. 

Napoli's Victor Osimhen All But Confirms Imminent Summer Departure

"Napoli"ga endi farqi yo‘q. Jamoa Osimxen o‘rniga Romelu Lukakuni olib keldi. Bu transfer uchun "Chelsi"ga 30 million evro to‘landi va strayker bilan 3 yillik bitim imzolandi. Antonio Konte sobiq shogirdini Viktorga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!