
Ushbu mavsum birorta o‘yinda maydonga tushmagan "Arsenal" futbolchisi jamoasini o‘zgartirdi
"Arsenal" himoyachisi Vilyam Saliba "Nitstsa"ga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda frantsuz klubi rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Saliba joriy mavsum so‘nggiga qadar "Nitstsa"da ijara asosida harakat qiladigan bo‘ldi. Transferning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmadi.
Saliba 2019 yil London klubiga ko‘chib o‘tgan edi. O‘shanda "kanonirlar" "Sent-Eten"ga himoyachi uchun 30 million evro to‘lagan edi. Ushbu mavsum Vilyam birorta o‘yinda maydonga tushmadi.
Fikrlar