
"US open - 2020": Sportdan ketmoqchi bo‘lgan tennischi eng nufuzli finalda o‘ynaydi
Belaruslik Viktoriya Azarenko “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi AQSh ochiq chempionatida finalida o‘ynaydigan bo‘ldi. Bu tennischi yil boshida katta sportdan ketishni rejalashtirgan edi.
Bu yilgi AQSh ochiq chempionatida Azarenko faoliyatida ilk bor mashhur tennis yulduzi Serena Uilyamsni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Bunga etti yil vaqt kerak bo‘ldi. Yarim final uchrashuvida 1:6, 6:3, 6:3 hisobi qayd etildi.
Ikkinchi yarim finalda yaponiyalik Naomi Osaka mezbonlar vakilasi Jennifer Bredidan 7:6, 3:6, 6:3 hisobida ustun keldi.
AQSh ochiq chempionati finali amerikalik tennischilarsiz o‘tadi va bosh sovrin uchun Azarenko Osaka bilan kuch sinashadi.
Fikrlar