
Urugvay terma jamoasining sobiq futbolchisi faoliyatidagi 30-klub bilan shartnoma imzoladi
Urugvay terma jamoasining sobiq futbolchisi Sebastyan Abreu o‘ziga yangi jamoa topdi.
44 yoshli futbolchi Braziliyaning “Atletik” Minas-Jerays klubi bilan shartnoma imzoladi. Aytish kerakki, bu Abreuning professional faoliyatidagi 30-jamoa bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “Atletik” 51 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor Minas-Jerays shtatining 1-divizioniga chiqdi.
Fikrlar